27 fev 11:08
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashi. Bugun besh nafar sportchimiz Osiyo chempionatigi ishtirokini boshlaydi
Bugun Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati start oladi.
Turnirda birinchilardan bo'lib yunon-rum kurashchilar o'z ishtiroklarini boshlashadi. Bugun o'tkaziladigan janglarda besh nafar sportchimiz gilamga chiqadilar.
Vakillarimizning to'rt nafari ishtirokini chorak finaldan boshlasa, yana biri nimchorak finaldan bahslarga kirishadi. Vakillarimiz ilk janglarda quyidagi raqiblarga qarshi kurash olib boradilar:
-55kg: Javohir Mirahmedov - X.Son (Janubiy Koreya)
-63kg: Elmurat Tasmuradov - V.Kurade (Hindiston)
-77kg: Jalgas Berdimuradov - S.Gurprit (Hindiston)
-87kg: Muhammadali SHamsiddinov - S.Fayziev (Tojikiston) (nimchorak final jangi)
-130kg: Mo'minjon Abdullaev - M.Ramonov (Qirg'iziston)
Mazkur turnirda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar