23 iyu 17:10
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashi: Ixtiyor oltin medal sohibi, Rahimov esa kumush bilan kifoyalandi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida sport kurashlari, yani yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
2000-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti.
Kechagi kungi bahslarda Umidjon Jalolov oltin, Jamshid Marufov esa bronza medalini qo'lga kiritgandilar.
Bugungi janglarda esa Ixtiyor Normurodov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.
Muhammadrasul Rahimov esa finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi va yakunda Osiyo chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar