10 mar 08:55
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashi. Jahon Kubogiga qura tashlandi, biznikilar yo'q
SHveycariyaning Lozanna shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha o'tkaziladigan jahon Kubogining guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu nufuzli musobaqaga 13-17 mart kunlari Eronning Abadan shahri mezbonlik qiladi. “V” guruhidan Ukraina, Turkiya, Belarus va Ozarbayjon terma jamoalari joy olishdi.
“A” kvartetidan esa Rossiya, Qozog'iston, Eron va Germaniya terma jamoasi yunon-rum kurashi terma jamoalari o'rin egallashdi. O'zbekiston terma jamoasi reyting ko'rsatkichlariga ko'ra sakkiztalikka kiri olmagan.
Guruh bosqichi g'oliblari finalga yo'llanma olishadi. Ikkinchi o'rin egalari esa bronza medali uchun bahslarga kirishishadi. Uchinchi pog'onani band etganlar 5-o'rin uchun, guruh autsayderlari 7-o'rin uchun bahslarda ishtirok etishadi.
Havola :
Fikrlar