16 mar 15:51
Yangiliklar

Yunon-rum kurashi. Moskvadagi xalqaro turnir yakunlandi
Turnirning ilk kunida -55kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Amir Sultonov uchinchi o'rin sohibiga aylangandi.Ikkinchi kungi bahslarda X.Yunusxonov (-45kg) hamda L.O'zbekov (-48kg)lar barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdilar. -60kg vazn toifasidagi bellashuvlarda gilamga chiqqan A.Nematov esa bronza medali egasiga aylandi.
SHu tariqa, yunon-rum kurashchilarmiz mazkur turnirda 2ta oltin, 2ta kumush medali bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldilar.
Malumot uchun, ushbu xalqaro turnir may oyida Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionati uchun tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionatida III yozgi Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanmalar o'ynaladi.
Fikrlar