12 fev 13:45
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashi. Olti nafar sportchimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo'ldi
Rossiyaning Podolsk shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha Sobiq ittifoq chempioni V.G.Ivlev sovrini uchun X xalqaro turnir o'tkazilishi haqida xabar qilgandik.
Musobaqalarda Rossiya, Turkiya, Belorus hamda O'zbekiston mamlakatlaridan sportchilar ishtirok etdilar. Turnir yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi azolari 3ta kumush, 3ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar.
Kumush:
-55kg: Javohir Mirahmedov
-60kg: Feruz To'xtaev
-130kg: Mo'min Abdullaev
Bronza:
-60kg: Islom Bahromov
-72kg: Aram Vardanyan
-82kg: Nurbek Hoshimbekov
Malumot uchun, o'tgan yilgi musobaqada sportchilarimiz faqatgina ikkita medal bilan cheklanishgandi. O'shanda Feruz To'xtaev oltin, Jonibek Otabekov esa kumush medal sohibiga aylangandilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar