So’nggi yangiliklar

11:41Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:20Ўзбекистон илк бор ООК Бош Ассамблеясини қабул қилади 0 10:59Осиё чемпионлигини кўзлаётган Воҳидовда муҳим ғалаба, Гулруҳбегим бошчилигидаги етакчи қизларимиз учун "қора кун" 0 10:38Хамзат Чимаев: "У мени "биродар" деди, кейин эса мен билан уришмоқчи бўлди" 0 10:17Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек" 0 09:52Бивол бугунги кундаги энг хавфли боксчи кимлигини айтди 0 09:26Жон Жонс ММА жангчиси бўлмаганида ким бўлиб ишларди? Спортчи жавоб берди 0 09:02Қозоғистон нега Польшадаги Жаҳон кубогида қатнашмаяпти? 0 08:39Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди 0 08:17Бивол қандай ҳолатда Бетербиев билан учинчи жанг бўлмаслигини айтди 0 07:52Ўзбекистонда яна россиялик легионер пайдо бўлиши мумкин 0 07:30ESPN боксчиларнинг P4P рейтингини тақдим этди: Усик пешқадам 0 01:42А Серия. "Рома" "Аталанта"га ютқазди, клубнинг 19 та ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунланди 0 23:55Жаҳон кубоги. Боксчиларимиздан муваффақиятли старт: учта жангда учта ғалаба 0 19:14Рим WTA 1000. 18 ёшли Мирра Андреевада яна ғалаба 0

28 fev 21:41
Yangiliklar

Kurash

Yunon-rum kurashi. Osiyo chempionati. Assakalovda kumush, uch nafar sportchimizda bronza

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Avvalroq, bugun bahslarda ishtirok etayotgan sportchilarimizning barchasida medallar uchun imkoniyat borligi haqida xabar qilgandik.

Osiyo chempionatida medallar uchun bahslar yakuniga etdi.

-60kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz bronza medali uchun bahsda Xitoy Taypeyi vakili YU Xung Linni 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

-67kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirzobek Rahmatov esa hindistonlik Manishdan 6:4 hisobida ustun keldi va bronza medali sohibiga aylandi.

-72kg vazn toifasida Osiyo chempionatida ishtirok etgan Aram Vardanyan bronza medali uchun jangda Yuan Jiangga xech qanday imkoniyat qoldirmadi - 9:0!

-97kg vaznda finalgacha etib borgan Rustam Assakalov hal qiluvchi jangda eronlik Saidganbar Salohzodaga qarshi gilamga chiqdi va 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag'lubiyat sabab, sportchimiz kumush medal bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.

SHu tariqa, yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalini qo'lga kiritdilar.

Eslatib o'tamiz, kecha boshlangan Osiyo chempionatida yunon-rum kurashchilarimiz Elmurat Tasmuradov oltin, Mo'minjon Abdullaev esa kumush medalni qo'lga kiritgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing