17 mar 17:45
Yangiliklar
Kurash

Yunon-rum kurashi. Toshkentda xalqaro turnir bo'lib o'tdi
Poytaxtimizda yunon-rum kurashi bo'yicha 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida ananaviy xalqaro turnir o'tkazildi.
Unda O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan 300
dan ziyod sportchi 14 vazn toifasida g'oliblik uchun gilamga chiqdi.
– Bu kabi musobaqalar yosh polvonlar uchun katta tajriba maktabini o'taydi,
– deydi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Komil Fatkulin. – Mazkur
turnir yangi chempionlarni kashf etgani bilan ahamiyatli bo'ldi.
Keskin va murosasiz bahslarga boy o'tgan musobaqada Akmal Hamroev, Namoz
Abdullaev, Abror Otabev, Asilbek Nematov, Nurillo Yo'ldoshmahmudov kabi
polvonlarimiz shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy egalladi.
Javohir Toshxo'jaev, Muhammad Amin (surat), O'zA
Havola :
Manba : UzA
Fikrlar