So’nggi yangiliklar

14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0 12:35"Барселона" 10 йилдан сўнг ушбу натижага эришди 0 12:14Май ойи учун FIDE рейтинги эълон қилинди 0 11:53Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:32"Отанг сени қиз қилиб тарбиялади" – Чимаев Стрикленднинг узун сочларини "тролл" қилди + ФОТО 0 11:11"Реал" сардори ёзда жамоани тарк этади 0 10:50Istanbul Junior European Cup. Биринчи кун иккита медаль қўлга киритдик 0 10:29Махачев Карлос Пратеснинг Жек Делла Маддалена билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 10:08Наоя Иноуэ ва Дзюнто Накатанининг гонорарлари очиқланди 0 09:47Sofascore. Кечаги учрашув учун Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:26Волкановски UFC чемпионлик камарини қачон ҳимоя қилишини айтди 0

15 apr 18:37
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yunon-rum kurashining paydo bo'lishi va rivojlanish tarixi

XIII-XIX asrlarda Evropada, ayniqsa, Franciyada kurashga qiziqish qayta tiklana boshladi.

Aholi o'rtasida kurashga bo'lgan qiziqishning uyg'onishi ko'plab professional kurashchilarning yuzaga chiqishiga sabab bo'lgan. Ular cirklarda va yarmarkalarda o'z sanatlarini namoyish qilardilar. Muvaffaqiyatlar shunga yordam berdiki, shaharlarda alohida kurashchilar guruhlari paydo bo'la boshladi. 

Natijada professional kurashchilar o'rtasida shaxsiy birinchiliklar, Franciya shaharlararo musobaqasi, keyinchalik esa jahon chempionatlari o'tkazila boshlandi. CHempionatlarning yaxshi tashkil etilishi, ularning keng targ'ib qilinishi professional kurashga katta muvaffaqiyat keltirdi.

Asta-sekin francuzlar kurashi boshqa Evropa davlatlariga kirib bordi. Kurash keng ommaviylikka erishib borishi va geografik jihatdan kengayi bilan bir vaqtda texnik tomondan ham boyib bordi. Qo'pol kurashchilarning bellashuvlari tomoshabinlar mehrini qozona olmadi, texnika, chaqqonlik va go'zallik yanada qadrlandi.

XIX asr o'rtasida Parijda birinchi ixtisoslashgan kurash maydonlari ochildi. Aynan shuning uchun 1848 yil Franciyada professional kurash rivojlanishining boshlanishi hisoblanadi. Bu erga turli davlatlardan - Germaniya, Turkiya, Italiya, Rossiya, SHveciyadan turli turnirlar va chempionatlarda qatnashish uchun kurashchilar kelganlar. 

SHu tariqa bu sport turi xalqaro maydonda tanildi. Bu kurash turi Evropaning hamma davlatlarida “francuzcha kurash” nomi bilan keng tarqaldi. Kurashning qadimgi Yunoniston, qadimgi Rimda rivojlanganligini hisobga olgan holda francuzcha kurashga “yunon-rum” kurashi nomi berildi. Bizda uzoq vaqt “klassik kurash” deb atab kelingan.

1896 yildagi birinchi zamonaviy Olimpiya o'yinlari dasturiga kurash ham kiritilgan. 1898 yildan boshlab Evropa chempionati, 1904 yildan esa jahon chempionatlari o'tkazib kelinadi. 1912 yilda havaskorlar o'rtasida kurash musobaqalarini kuzatish va o'tkazish bo'yicha Xalqaro qo'mita tuzildi. Ushbu qo'mita erkin va yunon-rum kurashi uchun tuzilgan va faoliyatini boshlagan.

1921 yilda mazkur qo'mita Xalqaro havaskorlar kurash federaciyasiga (FILA) aylantirildi. U 2014 yildan UWW, yani inglizcha talaffuzda (Yunayted Vord Vresling)ga aylantirildi va hozirda shu nom ostida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. UWW jahondagi eng yirik va tasir doirasi katta sport tashkiloti hisoblanadi. 

O'zbek kurash maktabi tarbiyalanuvchilari xalqaro maydonda katta yutuqlarga erishganlar. Rustam Kazakov 1972 yildagi Olimpiya o'yinlari va 1969 yildagi  jahon chempionatida g'alaba qozongan. Kamil Fatkulin jahon chempionatlarining ko'p marta sovrindori bo'lgan. 

Mustaqillik yillarida Aleksandr Doktorashvili 2004 yilda Olimpiya o'yinlari chempionligini qo'lga kiritgan. Dilshod Aripov 1999 yilda jahon chempioni hamda dunyoning eng yaxshi yunon-rim kurashchisi bo'lgan. Elmurat Tasmuradov Rio-2016 Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan. U besh karra Osiyo chempioni, shuningdek jahon chempionatlari sovrindori hamdir. Rustam Assakalov Osiyo o'yinlari g'olibi, Osiyo chempioni bo'lgan. Yuriy Vitt, Bahodir Qurbonovlarni eslashimiz mumkin. Bu kabi yunon-rim kurashchilarimiz ko'p. Biz alohida mustaqillik yillarida o'zbekistonlik yunon-rim kurashchilar erishgan yutuqlarga to'xtalishni maqsad qilganmiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing