23 iyu 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Yurgen Bremer 1 oktyabr kuni kamarini himoya qiladi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBA (Regular) yo'nalishi chempioni germaniyalik 37 yoshli Yurgen Bremer o'zining navbatdagi himoya jangini 1 oktyabr kuni o'tkazadi.
U shu kuni Germaniyada sobiq WBO chempioni britaniyalik 29 yoshli Natan Kleverliga qarshi ringga ko'tariladi.
“Kleverli - yaxshi bokschi, - dedi Bremer. - U sobiq jahon chempioni, demak, men uchun munosib raqib. Natanning o'ziga yarasha jang uslubi bor. O'ylaymanki, muxlislar ajoyib jangga guvoh bo'lishadi. Men o'z g'alabamga ishonaman” .
Havola :
Fikrlar