02 jan 16:16
Yangiliklar
"Yuventus" afsonasi A Seriyaga qaytishi mumkin
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, "grifonlar" o'yinchi bo'yicha malumot so'rashgan. 36 yoshli futbolchining o'zi Evro-2024 sabab terma jamoa tarkibiga kirishga kurashish uchun nemis klubini tark etmoqchi va Italiya chempionatiga qaytmoqchi.
Oldinroq, himoyachining "Roma"ga o'tishi mumkinligi xabar qilingan edi, ammo klub muxlislar tomonidan bosim sabab transferdan voz kechdi. Jamoa muxlislari "Roma" tarkibida "Yuventus" sobiq o'yinchisini ko'rishni istashmagan.
Bonuchchi "Union"ga 2023 yilning sentyabrida "Yuventus"dan erkin agent maqomida o'tdi. O'yinchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt italyanni 1,5 mln evroga baholamoqda.
Bonuchchi joriy mavsum 10ta o'yin (723 daqiqa)da maydonga tushib, 1ta gol urdi.
"Jenoa" A Seriyada 18 turdan so'ng 20 ochko egallagan holda 13-o'rinni egallab turibdi. CHempionatda esa "Inter" (45 ochko) etakchilik qilmoqda.
Fikrlar