26 fev 13:40
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" futbolchisi singan qo'lini ko'rsatdi + FOTO
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo singan barmoq rentgenogrammasi suratini joylashtirdi.
“Bugungi 200-o'yinim shunday yakunlandi. Men uchun duoda bo'lib turganlarning barchasiga rahmat aytaman”, - deb yozdi Rabo ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, 26-tur doirasidagi «Frozinone» bilan o'yinning birinchi bo'limida (3:2) Rabo jamoadoshi Bremer bilan to'qnashib ketishi natijasida jarohat olgandi.
Malumot uchun, Rabio turinliklar safida 2019 yildan beri harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchtadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar