09 dek 06:23
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" Pogba borasida bir qarorga keldi
"Yuventus" yaqin vaqt ichida Pol Pogba bilan shartnomasini bekor qilmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi diskvalifikaciya qilingani zahoti klub va Pogba o'rtasidagi shartnoma bekor qilinadi. "Yuve" Pogba bilan janjalga bormaslik uchun shartnomani ikki tomonlama bekor qilish maqsadida muzokaralarga kirishishga va kompensaciya to'lashga tayyor turibdi.
Oldinroq antidoping qo'mitasi franciyalikni 4 yilga diskvalifikaciya qilishi mumkinligi borasida malumotlar tarqagandi.
Eslatib o'tamiz, 20 avgust kuni jahon chempionining doping testi ijobiy ko'rinish olgandi. Uning qayta testi ham dastlabki natijani takrorlagandi. O'shandan buyon u futboldan vaqtincha chetlatilib turilibdi.
Havola :
Fikrlar