14 sen 09:50
Yangiliklar
“Yuventus” Pogbaga maosh to'lashni to'xtatdi
“Yuventus” klubi doping testdan o'ta olmagan Pol Pogbaga maosh to'lashni to'xtatdi. 30 yoshli futbolchi topshirgan doping test testesteronga nisbatan ijobiy ko'rsatkichni qayd etgan. Pogbaning aybi tasdiqlansa, u futboldan to'rt yilga chetlatilishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, "Yuventus" hozirda Pogbaga maosh to'lashni to'xtatgan. CHunki futbolchi taqiq sabab jamoa bilan mashq qilmayapti. Ustav bunday holatda futbolchiga maosh to'lamaslikka ruxsat beradi.
Agarda Pogbaning aybi sudda tasdiqlansa, "Yuventus" futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Amaldagi shartnoma 2026 yilga qadar amal qilishi hisobga olinsa, "Yuve" bunday holatda 30 mln evro tejab qolishi mumkin.
Fikrlar