26 jan 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yuzingga qara, pastkash". Getji jangdan keyin Pimblettga nima deganini aytdi
Jastin Getji jangdan so'ng Peddi Pimblettga nima deganini ochiqladi.
"Men uni muddatidan oldin tugatmoqchi edim. Men unga dars berdim. U jangdan keyin mening yuzim avvalgidek bo'lmasligini, o'zining yuzi esa o'zgarmasligi haqida aytgandi. Jang tugashi bilan unga: “Yuzingga qara, pastkash”, dedim", — dedi Getji matbuot anjumanida.
Jang davomida Getji katta ustunlikka ega bo'ldi, bir necha bor jangni muddatidan oldin yakunlash imkoniga ega bo'lgandi. Ammo u yakunda ochkolar evaziga g'olib bo'ldi.
Havola :
Manba : MMA Orbit
Fikrlar