29 iyu 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabit Magomedsharipov qachon chempionlik jangida oktagonga chiqadi?
Rossiyalik UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov qachon oktagonga qaytishini aytdi.
"Hozircha qaerda, qachon va kimga qarshi jang qilishimni bilmayman. Menimcha, sentyabr oyining oxiri yoki oktyabrning boshida oktagonga qaytaman. Yana ikkita jangdan so'ng kamar uchun jangga qilsam kerak.
Buning uchun esa bo'lajak janglarimda g'alaba qozonishim shart. Agar bu vazifani uddalay olmasam, tabiiyki, chempionlik jangi orzusi ancha keyingiga surilib ketadi", - dedi Zabit.
Malumot uchun, 28 yoshli sportchi yarim engil vazn toifasining UFC reytingida TOP-5 ga kiradi.
Havola :
Fikrlar