12 noy 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabit Magomedsharipov UFC kamari uchun jang qilmoqchi
Rossiyalik UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov navbatdagi jangini kamar uchun o'tkazish niyati borligini malum qildi.
"Ochig'ini aytganda, bu jangga to'liq tayyor emasdim. Mening holatim yomon edi va men dori ichayotgandim. Keyingi jangim? Navbatdagi jangimni Maks Xollouey – Aleks Volkanovski bahsi g'olibiga qarshi o'tkazmoqchiman. Men bu kechaga albatta tayyor bo'laman", - dedi Zabit.
Malumot uchun, Zabit Magomedsharipov ishtirok etadigan vazn toifasining amaldagi chempioni Maks Xollouey hisoblanadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar