28 sen 08:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabit oktagonga qaytmoqda + FOTO
Tez orada rossiyalik UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov faoliyatini qayta tiklaydi.
Bu haqida uning murabbiyi Mark Genri xabar berdi.
"Yarim engil vazn toifasida eng yaxshi UFC jangchisi Za-Bist! U qaytdi", — deya o'zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Genri.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Zabit Magomedsharipov rasman UFC reytingidan chiqarilgan edi. Bunga uning uzoq muddat davomida jang o'tkazmagani sabab bo'lgandi. Zabit o'zining oxirgi jangini 2019 yilning noyabr oyida Moskva shahrida Kelvin Kattarga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. 30 yoshli Magomedsharipov hisobida 18 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar