28 iyu 16:52
Yangiliklar
Dzyudo
Zagreb Gran-prisi. Oltiboev rossiyalik polvonga yutqazdi
Zagreb Gran-prisining +100 kg vaznli dzyudochilar bahsida davom etmoqda.
Bu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboev uchinchi bosqich uchrashuvida raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Oltiboev o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlagan va Bosniya va Gercegoviniya vakili Xarun Sadikovichni ippon, yani sof g'alaba bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Hozirgina yakuniga etgan bahsda esa u rossiyalik Alen Cxovrebovga yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar