So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

09 sen 07:22
Yangiliklar

Kurash

Zarbdorda kurash va belbog'li kurash bo'yicha kuchlilar saralandi FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida kurash va belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasida Zarbdor tumani hokimi sovrini uchun ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Viloyat va tuman hokimligi, viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqa tumanda olimpiya harakatini rivojlantirish, olimpiya va milliy sport turlarini keng targ'ib qilish, yoshlarni olimpiya va milliy sport turlariga jalb qilish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini yanada qaror toptirish maqsadida tashkil etilgan kurash belllashuvlari Mustaqilligimizning 28 yilligi hamda 6 sentyabr – Xalqaro kurash kuniga bag'ishlandi.   

Ko'p sonli muxlislar ishtirokida o'tgan bahslarning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliev, Jizzax viloyat prokurori, viloyat kurash federaciyasi raisi Islomjon Ergashxo'jaev, tuman hokimi Oybek Ashurmatov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar so'zga chiqib, bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan etibor xususida to'xtalishdi.

Ochilish marosimi doirasida faxriy polvonlarga ehtirom ko'rsatilib, esdalik sovg'alari topshirildi. 

Bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan va qo'shni Qozog'iston Respublikasidan kelgan polvonlar kurash bo'yicha -60 va -66 kg vaznlarda kuch sinashishgan bo'lsa, belbog'li kurashchilar -55, -60, -81, -90 hamda +90 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun bellashishdi. 

SHuningdek, 60 yoshdan oshgan faxriy polvonlar o'rtasida ham viloyat hokimi sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha alohida musobaqa ham tashkil etildi. Azamjon SHokirjonov, Nematjon To'ychiev, Islombek Eshbekov kabi faxriy polvonlar shohsupadan joy olib, olqishlarga sazovor bo'lishdi. 

Faxriy polvonlar yoshlarga o'rnak sifatida o'zlarini nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etishdi hamda kurash davrasiga o'zgacha zavq-shavq bag'ishladi. 

Musobaqa g'olib va sovrindorlari:

Belbog'li kurash

-55 kg vazn toifasi 

1. Doniyor O'rolov (Jizzax)

2. Husan Azimov (Toshkent)

3. Hasan Azimov (Toshkent)

3. Doniyor Abdurahmonov (Toshkent v.)

-60 kg vazn toifasi 

1. Oybek Sultonov (Andijon) 

2. SHahzod Abdurahmonov (Toshkent v.) 

3. G'iyosjon O'rolov (Jizzax)

3. Jahongir Ergashev (Toshkent v.)


-81 kg vazn toifasi

1. Husniddin Ro'ziev (Jizzax)

2. Ilhom Mashrabov (Andijon)

3. Abdullajon Toxirov (Namangan)

3. Eldor Nematov (Toshkent v.)

-90 kg vazn toifasi

1. Rustam Umarov (Namangan)

2. Jasur Isroilov (Andijon)

3. Nodirbek Ahatjonov (Toshkent)

3. Yunusali Usmonov (Toshkent v.)


+90 kg vazn toifasi

1. Ismat Pirmatov (Toshkent v.)

2. Baxtiyor Jumaboev (Sirdaryo)

3. Azam Anvarjanov (Jizzax)

3. Alimurod Xolmo'minov (Jizzax)

Kurash

-60 kg. vazn toifasi

1. Arabboy Mamasiddiqov (Jizzax)

2. Sanjar Saidqulov (Jizzax)

3. Hamdam Xudoyqulov (Samarqand)

3. Husniddin Qarshiboev (Jizzax)


-66 kg vazn toifasi

1. Ruslan Bo'riev (Jizzax)

2. Abbos To'xmonov (Jizzax)

3. CHori Zoirov (Buxoro)

3. Jonibek Mamatov (Samarqand)

Musobaqa yakuniga etgach g'olib va sovrindorlar diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Ismat BO'RIEV, Zarbdor tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i, kurash bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, sport ustasi: 

- O'zbek milliy sport turlari bo'lgan kurash va belbog'li kurash bo'yicha tashkil etilgan ushbu ochiq turnirning ananaga aylanib, har yili o'tkazilishi malum qilingani, nafaqat tumanimiz polvonlari, kurash muxlislari, balki yurtimizning barcha polvonlarini quvontirdi. Turnir sportchi-yoshlarimizning istedodlarini namoyish etish uchun sinov maydoniga aylanadi, deb o'ylaman. Qolaversa, yoshlarimizni sportga, kurashlarimizga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, bellashuvlarni yuqori saviyada o'tishida polvonlarimiz nomidan, shogirdlarimiz nomidan viloyat va tuman hokimligiga, viloyat prokuraturasiga, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga, tuman prokuraturasiga, homiylarimizga o'z minatdorchiligimizni bildiramiz. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing