So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

02 avg 18:23
Yangiliklar

Qilichbozlik, Parij-2024

Zaynab Dayibekova: "Hali ham o'zimga kela olmayapman"

Teglar :  Zaynab Dayibekova
O'zbekiston delegaciyasining Parij Olimpiadasidagi bayroqdorlaridan biri bo'lgan qilichboz Zaynab Dayibekova Instagram sahifasiga musobaqadagi ishtirokiga oid post joyladi.

Zaynab Dayibekova Parij Olimpiadasida sablya dasturida ishtirok etdi va birinchi bosqichda Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindoriga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda mag'lub bo'ldi.

"Ahvolimni qanday tushuntirishni bilmayman. Hali ham o'zimga kela olmayapman, hafsalam pir bo'ldi, qalbim juda og'riyapti. Men o'zimdan yaxshi natija kutgandim va bilaman, murabbiyim, onam, prezidentimiz, rahbariyatimiz va siz mendan oltin medal kutgansiz, lekin men g'alaba qozona olmadim, shunday bo'lganidan juda xafaman. Meni qo'llab-quvvatlagan va ishonganlarga katta rahmat aytmoqchiman. Lekin bu oxiri emas, hayot davom etmoqda! Men hech qachon, hech qachon taslim bo'lmayman! Biz siz bilan yana ham kuchliroq bo'lamiz. Barchangizni yaxshi ko'raman va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman", deb yozdi Dayibekova. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing