25 iyu 11:37
Yangiliklar
Qilichbozlik, Parij-2024
Zaynab Dayibekova: "Oltin medalni olib qaytishga harakat qilamiz"
Parij Olimpiadasi ochilish marosimida O'zbekiston delegaciyasi bayroqdori bo'ladigan qilichboz Zaynab Dayibekova musobaqa oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tayyorgarliklar yaxshi bo'ldi. Bayroqdor bo'lish bu — albatta katta masuliyat. Lekin bu masuliyatni o'z bo'ynimizga olib, Xudo xohlasa, yurtimizga oltin medal bilan qaytishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bizni duo qilib, qo'llab-quvvatlab tursalaringiz, biz albatta yorug' yuz bilan qaytamiz", dedi Dayibekova.
Malumot uchun, Tokio Olimpiadasida chorak finalga qadar etib borgan Zaynab Dayibekovaning Parijdagi chiqishi 29 iyul sanasida bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar