11 iyu 11:41
Yangiliklar
Qilichbozlik
Zaynab Dayibekova Tbilisida Olimpiadaga tayyorlanmoqda
Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Zaynab Dayibekova ayni kunlarda Gruziyaning Tbilisi shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib bormoqda.
Mazkur yig'in sportchimizga Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo'lib xizmat qilmoqda. Dayibekovaga jamoa bosh murabbiyi Vladimir Nazlimov hamda sparring sherik sifatida yana bir sportchimiz Musa Aymuratov hamrohlik qilmoqda.
Rejaga ko'ra, qilichbozlarimiz Olimpiya o'yinlari oldidan 22-27 iyun kunlari Quvaytda o'tadigan Osiyo chempionatida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazib olishadi. Tbilisi yig'ini 16 iyunga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar