30 noy 17:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Ziddiyat davom etadi. Xabibning jamoadoshi Lobovni oktagonga chorladi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning AKA zalidagi jamoadoshi Luis Penya yarim engil vazn toifasiga o'tish istagida ekanligini malum qildi.
Penya bunday qarorga Artyom Lobov bilan jang qilish uchun kelganligini aytdi. Xabib va Lobov o'rtasidagi janjal joriy 2018 yilning eng asosiy janjali bo'lgan edi.
“Bu juda muhim jang. CHunki, har ikkimiz ham so'nggi jangimizda mag'lubiyatga uchraganmiz. Men debyut jangimda Lobovning jamoadoshini mag'lub etganman.
Qolaversa, AKA va SBG zallarining ham Xabib va Konor Makgregor sabab o'zaro hisob-kitobi bor. Men o'z qarorimni elon qildim. Endi navbat Lobovga”, - dedi Penya.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar