So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

30 apr 19:08
Yangiliklar

Kurash

Ziyoviddin Xodjiniyazov – Xalqaro Kurash associaciyasining birinchi vice-prezidenti etib saylandi

Xalqaro Kurash associaciyasi-IKA Boshqaruv qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan o'nga yaqin masala doirasida tashkilot faoliyatining ustuvor yo'nalishlari va kelgusi rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, SHveycariya, Italiya va SHri-Lanka Kurash federaciyalarining IKA azoligiga qabul qilinishi masalasi yuzasidan fikr almashildi. Mazkur masala bo'yicha yakuniy qaror Qozog'istonda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati doirasida tashkil etiladigan IKA Kongressi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

SHuningdek, qitaviy chempionatlarni tizimli ravishda tashkil etish, hamda Xalqaro ko'zi ojizlar sporti federaciyasi (IBSA) dasturi doirasida Kurash musobaqalarini yo'lga qo'yish masalalari ham diqqat markazida bo'ldi. Bu tashabbuslar Kurashning qamrovini kengaytirish va uni inklyuziv sport turi sifatida rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yig'ilishga raislik qilgan IKA Prezidenti Haydar Farmon tashkiliy masalaga alohida to'xtalib o'tdi. Uning takidlashicha, uzoq yillar davomida tashkilot Birinchi vice-prezidenti sifatida samarali faoliyat yuritgan, hindistonlik davlat va jamoat arbobi Jagdish Tatlerning istefo haqidagi murojaati Boshqaruv qo'mitasi tomonidan qabul qilindi.

IKA Birinchi vice-Prezidenti lavozimga IKAning xalqaro hamkorlik va o'yinlar bo'yicha vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Ziyoviddin Xodjiniyazov nomzodi bir ovozdan maqullandi.

Ziyoviddin Xodjiniyazov Kurash harakatida katta tajriba va mustahkam nufuzga ega mutaxassislardan biri hisoblanadi. U 2000 yildan buyon Xalqaro Kurash associaciyasi tizimida turli masul lavozimlarda, jumladan, Xalqaro aloqalar departamenti direktori, Bosh kotib o'rinbosari, shuningdek, Osiyo Kurash konfederaciyasi Bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

Uning bevosita ishtirokida va tashkiliy salohiyati tufayli Kurash bo'yicha 100 dan ortiq nufuzli xalqaro turnirlar, qita va jahon chempionatlari, shuningdek, Osiyo o'yinlari doirasidagi musobaqalar yuqori darajada tashkil etilgan.

Mazkur tayinlov Kurashni xalqaro maydonda yanada tizimli rivojlantirish, uning nufuzini oshirish va yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim qadamdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing