So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

16 noy 08:35
Yangiliklar

Kurash

Zo'ravon murabbiy ishdan bo'shatildi

Teglar :  KurashMurabbiy
Ijtimoiy tarmoqlarda kurash bo'yicha murabbiy Abbos Hasanovning mashg'ulotlarga sababsiz kelmagan o'quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borgan video tarqalib ketdi.

Unda A.Hasanov ushbu jarayonda shogirdlariga qo'pol so'zlar aytib, ularga nisbatan kuch ishlatgan hamda pedagogika etikasiga to'g'ri kelmaydigan xatti-harakatlarni sodir etganligi aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yig'ilish o'tkazilgan. Unda A.Hasanovning o'quvchilarga nisbatan qo'pol muomalada bo'lganligi hamda kuch ishlatganligi muhokama qilingan. Maktab-internat jamoasi ishtirokida shu yilning 9 sentyabr kuni o'tkazilgan yig'ilishda barcha trener va yo'riqchi-uslubchilarga o'quvchilar bilan qo'pol muomalada bo'lmaslik bo'yicha aniq ko'rsatmalar berilgan. SHunga qaramay, Abbos Xasanov 23 sentyabr kuni 2-17-guruh o'quvchisi Mahmadulla Mustafoevni qo'pol so'zlar bilan haqorat qilib, unga nisbatan kuch ishlatgan.

Maktab-internatning pedagoglar jamoasi ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda ushbu talim muassasasi direktori X.Saparov mazkur holatni keskin qoralab, bu boshqalarga noto'g'ri tasir qilishini takidlab o'tgan.

Yig'ilish yakunida A.Hasanovga pedagoglarga xos bo'lmagan xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun intizomiy chora ko'rish belgilandi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan Abbos Hasanovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi berilgandi.

Biroq, mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan keyin Surxondaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sodir bo'lgan holat atroflicha o'rganib chiqildi. Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktorining buyrug'iga asosan 2019 yil 14 noyabrdan etiboran trener A.Hasanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing