13 jan 15:28
Yangiliklar
Zubayra chetlatilsa, Xabib UFC bilan xayrlashadi
Xabibning otasi ham murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovning aytishicha, agar Zubayra Nevada shtati Sport qo'mitasi tomonidan chetlatish olsa, uning o'g'li UFCdan ketadi..
“Xabib bilan gaplashdim va u agar Zubayra chetlatish olsa, UFC promousheni bilan hamkorlikni to'xtatadi. Bu erda gap pulda emas. Biz do'stlarimiz va jamoadoshlarimiz haqida qayg'uramiz. Zubayra Xabib bilan 5-6 yildan beri birga bitta zalda mashg'ulot o'tkazib kelyapti. Uning chetlatilishi biz uchun katta yo'qotish sifatida qabul qilinadi”, - dedi Abdulmanap Nurmagomedov.
Malumot uchun, Tuxugov va UFC o'rtasidagi mojaro Xabib Nurmagomedova va Konor Makgregor o'rtasidagi jang yakunidagi holatdan so'ng boshlangan edi. O'shanda Zubayra ommaviy mushtlashuvning ishtirokchilaridan biri bo'lgandi.
Fikrlar