21 apr 09:22
Yangiliklar
Tennis

Zverev Myunxen turniri bosh sovriniga ega chiqdi
Germaniyaning Myunxen shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini Aleksandr Zverevga nasib etdi. Germaniyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 15-o'rinni egallab turgan amerikalik Ben SHeltondan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/2, 6/4.
Dunyoning uchinchi raketkasi bo'lgan Zverev faoliyatidagi 24-sovrinini qo'lga kiritdi. Aleksandr SHeltonga qarshi o'zaro ikkinchi uchrashuvda ham zafar quchdi. Etmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Zverev 4, SHelton 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar