So’nggi yangiliklar

12:00Бутунжаҳон ёзги Универсиада. Бугун дзюдочиларимиз аралаш жамоавий баҳсларда иштирок этишади 0 11:39Медведев Вашингтон турнири 1/4 финалидаёқ ютқазди 0 11:18"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди 0 10:57Хабиб UFC қоидаларида нимани ўзгартириш кераклигини айтди 0 10:36Йўғе? 12 ёшли Кастан профессионал боксда дебют қилади, бу рекорд эмас! 0 10:15Хабиб Умар Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини эълон қилди 0 09:54"Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев расмий дебют қилдими? 0 09:33Қозоқ теннисчисини тўхтатиб бўлмаяпти, у финалда! 0 09:12Исраэль Адесанья Махачев Маддаленани мағлуб эта олмаслигини тахмин қилмоқда 0 08:51Ulaanbaatar Grand Slam. Бугун уч нафар дзюдочимиз медаллар учун баҳсларга киришади 0 08:30МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 08:08Волейбол. Бугун Ўзбекистон U-19 терма жамоаси Пуэрто-Рикога қарши ўйнайди 0 07:45Кроуфорд Канелонинг вазнида WBO рейтингига киритилиб, биринчи ўринга жойлаштирилди 0 07:22Ulaanbaatar Grand Slam 2025. Биринчи кунги баҳслардан сўнг Топ-3`дамиз! 0 07:01"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2`да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси 0

06 fev 18:47
Yangiliklar

Boks/MMA, Futbol

Aleksandr Usik: "Bolalikdagi orzuim amalga oshdi - professional futbol klubida o'ynayapman"

Teglar :  Aleksandr Usik
Superog'ir vazn toifasida WBO,WBA va IBF kamarlari sohibi Aleksandr Usik "Polese" jamoasi tarkibidagi debyuti haqida gapirdi.

"Emociyalarim shunchaki, dahshatli darajada. Maydonga chiqqanda bir juft bo'lamiz. Kimdir sherigimizni itarib yuborsa, unga: "Hoy, sen bu erda ehtiyotsizlik qilyapsan", - deyman. Hammasi ajoyib. Jamoadagilardan juda ham minnatdorman, ular meni ancha iliq kutib olishdi. Men juda yaxshi insonlar bilan do'stlashdim.

Kalitvinsev, Butkevichga kelishuv uchun kattakon rahmat aytmoqchiman. Boshida jamoa bilan munosabatim qanday kechadi degan savol bor edi. Ammo, hammasi zo'r. Yigitlarga katta rahmat. Juda emociyaga boy bo'ldi. Futbol bilan shunchaki shug'ullanib yurgan paytlarimda, professional futbol jamoasida to'p tepishni orzu qilardim.

SHunday bo'ldiki, men sportning ajoyib turi bo'lmish boksga kirib keldim. Hozir esa bolalikdagi 35 yillik orzuimga — professional futbol klubida to'p tepishga erishdim. "Polese" bu — kuch.


- Butsalaringiz o'lchami nechchi? Va bu o'lchamdagi butsalarni qaerdan topdingiz?

- Do'konda. Menda ikki juft bor. Bo'sh vaqtimda Bannikovda yigitlar bilan ozgina o'ynab turaman. Aytishganidek, faxriylar bilan, lekin juda ham kuchli ular. Bundan tashqari, do'kondan ham butsi sotib oldim, o'lchami 45,5, shekilli.


- Maydonga qachon tushishingizni bilarmidingiz?

- Menimcha, 20 daqiqaga yaqin o'ynadim. Kalitvinsev bilan gaplashganim yodimda edi. Men: "Yo'q, men nima bo'lishini ko'rishim kerak", — deb aytgandim. O'z sportimda ancha yaxshiroqman. Futbolni tushunaman, uni o'ynay olaman, ammo professionallar bilan maydonga tushish biroz boshqacha. Qaysi poziciyada o'ynay olishimni kuzatdim.

O'sha paytda deyarli tushunib etdim. Biroz tezlik etishmayapti. Jarima zarbasini tepishni o'yladim. Xudoga shukur, g'alaba qozondik.


- Sizni yana "Winter Cup" o'yinlarida ko'ramizmi?

- Xo'sh, eshiting, men hozir sizga jamoam sirlarini aytib beraman. Va keyin hammasi qo'ldan ketadi. Hammasi intrigaku.


- Keyingi jangingiz sanasi kabi...

- To'g'ri, - dedi Usik.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing