26 iyu 09:33
Yangiliklar
Tennis

Qozoq tennischisini to'xtatib bo'lmayapti, u finalda!
Avstriyaning Kitcbyuel shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turniri yakuniga etib bormoqda.
Dunyoning 30-raketkasi bo'lib turgan Aleksandr Bublik uchun ushbu musobaqa ham omadli kelmoqda. Qozog'istonlik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 103-pog'onada borayotgan niderlandiyalik Botika van de Zandshulpni 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bublik tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuviga kelib Botikani mag'lub eta oldi - 1:2.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Endi qozoq tennischisi bosh sovrin uchun franciyalik Artyur Kazoga qarshi kortga chiqadi. Bu Kazo uchun ilk final bo'ladi. Bublik esa o'tgan hafta SHveycariyaning Gshtaad shahrida o'tkazilgan turnirda chempion bo'lgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar