26 iyu 07:22
Yangiliklar
Dzyudo

Ulaanbaatar Grand Slam 2025. Birinchi kungi bahslardan so'ng Top-3`damiz!
Mo'g'uliston poytaxtida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Abdurahim Nutfulloevning oltin medali sabab O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha 28 davlat orasida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Yaponiya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilmoqda. IJF bayrog'i ostida kurashayotgan rossiyalik dzyudochilardan iborat jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 2-pog'onadan joy olgan.
Kechagi bellashuvlarda Mo'g'uliston, Xorvatiya, Moldova, Koreya Respublikasi va Xitoy delegaciyalari ham kamida bittadan bronza medaliga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar