So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

30 mar 08:04
Yangiliklar

Kurash

Andijonda belbog'li kurash bo'yicha “Olimpiya cho'qqilari” g'oliblari aniqlandi + FOTO

27-29 mart kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining sport zalida belbog'li kurash bo'yicha 2004-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar o'rtasida “Olimpiya cho'qqilari” O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Jami 9 ta vazn toifasida mamlakatimizning 11 ta hududidagi olimpiya zaxiralari kollejlarida belbog'li kurash yo'nalishida tahsil olayotgan 92 nafar sportchi-o'quvchilar ishtirok etgan mazkur chempionatning birinchi kunida dastlab, ochilish marosimi tashkil etildi va shundan so'ng bellashuvlarga start berildi.

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi hakamlar guruhi ikki kun davomida sportchilarning har bir chiqishini baholab borishdi.

Murosasiz o'tgan chempionatning yakuniy natijalariga ko'ra, quyidagi sportchi-o'quvchilar o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib,  g'oliblikni tantana qilishdi.

38 kg. Akbar Sobirjonov (Andijon), 42 kg. Bunyodbek Rasulov (Farg'ona), 46 kg. Hayotbek Kamoliddinov (Farg'ona), 50 kg. Muslimbek O'ktamjonov (Toshkent sh.), 55 kg. Madxiddin Fazliddinov (Namangan), 60 kg. Asadbek Mamataliev (Toshkent sh.), 65 kg. Suxrobjon Saidbekov (Sirdaryo), 71 kg. Samandar Egamberdiev (Navoiy), +71 kg. Ilyosbek Mirzahmatov (Namangan).

Umumjamoa hisobida Toshkent shahri birinchi, Namangan viloyati ikkinchi va Farg'ona viloyati jamoasi uchinchi o'rinni band etishdi.

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing