So’nggi yangiliklar

14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0 13:23Расман: UFC турнирлари эндиликда мамлакатимиз ҳудудида ўзбек тилида намойиш этилади 0 13:02Мукофот жамғармаси 6 млн доллар бўлган турнир иштирокчилари тасдиқланди 0 12:41Модрич "Реал"га қайтиши мумкин 0 12:20Хамзат Чимаев — Оқ уйдаги эҳтимолий жанг ҳақида: "Мени депорт қилиб юборган бўлишарди" 0 11:59"Конор агар тўлиқ тайёргарлик кўрганида Хабибни ютарди" - Лобов 0 11:37Чимаев дю Плессига қарши беш раундлик жангга тайёр 0 11:15Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда 0 10:54Осиё чемпионати: Бугун U-19 ёш тоифасидаги ярим финал баҳслари ўтказиляпти, унда 12 нафар боксчимиз иштирок этади (Жонли эфир) 0 10:33Слаломда эшкак эшувчиларимиз Осиё кубогига Хитойда тайёргарлик кўришяпти + ФОТО 0 10:12"Бу жуда муҳим". Бивол Кроуфордга Канело устидан ғалаба калитини айтди 0 09:51"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит? 0

07 apr 08:41
Yangiliklar

Kurash

AOKAda Prezident qarorining ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi + FOTO

AOKAda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida Sportni rivojlantirish vazirligi, kurash federaciyasi masullari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda sportning kurash turi bo'yicha salmoqli natijalarga erishayotgan sportchilar ishtirok etdi.

O'zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg'usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug'ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2020 yilning 4 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish
chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi. 

Qarorda belgilanganidek, kurash bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilish, aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shug'ullanishga keng jalb qilish hamda O'zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish, kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va pirovardida Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilishiga erishish asosiy mezonlardan biri qilib belgilangan. 

SHu manoda O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi tashabbusi bilan yurtimizda Polvonlari ko'p yurt qudratli bo'lur!”, “Biz Prezident polvonlarimiz!”, “Biz Prezident Barchinoylarimiz!” shiorlari ostida umumxalq kurash musobaqalariga start berilgan.

Fevral oyidan boshlab yuborilgan tadbirlar har bir mahallalarga kirib borganligi, kuni kecha yurtboshimiz boshchiligida o'tkazilgan yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha yig'ilishdagi o'g'il-qizlarni ommaviy sport tadbirlariga qamrab olish bo'yicha bergan topshiriqlariga hamohangligi bilan ham ahamiyatlidir. 

Hozirga qadar viloyatlar kesimida olib qaralganda 70 ziyod mahallalarda musobaqalar o'tkazildi va ishtirokchilar soni 5000 dan ziyod bo'ldi. Bu musobaqalardan asosiy maqsad mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kurash sport turini yoshlar orasida ommalashtirish, sizu-bizning sportimiz, qadriyatimiz bo'lgan kurashni har bir oilaga olib kirishdir. 

Yuqoridagi qaror ijrosini bajarish maqsadida Respublikamiz bo'ylab har kuni turli kurash musobaqalari o'tkazilmoqda. O'tgan 3 oy sarhisob qilinganda 500 dan ziyod musobaqalar o'tkazilganiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Hozirga qadar Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda 200 dan ortiq umumtalim maktablariga kurash gilamlari taqdim etildi. Bu ham o'z o'rnida yosh polvonlar sonini oshishiga, kurashimizni yanada jadal rivojlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Savol-javoblarga boy bo'lgan matbuot anjumanida kurashni ommaviylashtirish borasida qilinayotgan ishlar sarhisob qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing