So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

29 may 21:25
Yangiliklar

Og'ir atletika

Babayanga jahon chempionati oltin medali topshirildi, lekin...

Teglar :  Og'ir atletika
Xabaringiz bor, Toshkentda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Xabaringiz bor, Toshkentda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati qizg'in pallasiga kirib ulgurgan. Bugun supachaga -96 kg vazn toifasida erkaklar kurash olib borishdi. 

Dast ko'tarish mashqida g'oliblik uchun asosiy kurash uch sportchi Artur Babayan, Garik Karapetyan hamda Stefan Adamus o'rtasida kechdi. Karapetyan uchinchi urinishida 162 kg toshni bo'ysundirgan bo'lsa, Babayan ikkinchi urinishida 163 kg toshni dast ko'tara oldi. Polshalik Stefan Adamus esa ikkinchi va uchinchi urinishlarida 165 kg toshni ko'tara olmadi va jahon chempionati dast ko'tarish mashqining oltin medali Artur Babayanga nasib qildi, lekin siltab ko'tarishda uning omadi u qadar chopmadi. 

Siltab ko'tarish mashqida esa omad endi Polsha termasi vakiliga kulib boqdi. Adamus birinchi urinishdayoq siltab ko'tarish mashqi oltin medalini naqd qilib qo'ydi. Keyingi urininshlarida u ikkikurash natijasiga ko'ra oltin medal uchun Garik Karapetyanning natijasini yaxshilashga urinib ko'rdi, ammo buni uddalay olmadi. 

Armaniston terma jamoasi vakili Garik Karapetyan esa har ikki mashqda stabillik ko'rsatib, ikkikurash natijasiga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Siltab ko'tarish mashqida 194 kg natija bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan ukrainalik sportchi yakunda ikkikurashda ham g'oliblik shohsupasidan joy egalladi. 

P.S: Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqa o'tgan yili o'tkazilishi zarur edi. Biroq pandemiya sabab qoldirilgan va shu sababli, bazi sportchilarning yoshi endilikda yoshlar kategoriyasiga to'g'ri kelmaydi. SHuning uchun, IWF ularga musobaqada ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi, lekin ular medallar uchun nomzod bo'la olmasliklarini kelishib oldi. Polshalik sportchiga aynan shu sabab medal topshirilmadi.      


Og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati
Erkaklar, -96 kg

1. Garik Karapetyan - 355 (162 + 193) kg;
2. Artur Babayan - 354 (163 + 191) kg;
3. Ilya Moskalenko - 349 (156 + 194) kg.

Reyting:    

Fikrlar

   
29 may 21:31:48
Dark Warrior
Men Samvel Babayan deb oylapman.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing