So’nggi yangiliklar

13:39Пантожа Жошуа Ван билан декабрь ойида жанг қилишга тайёр 0 13:18“Шунқорлар” – 2025: Андижон вилояти жамоаси кубокнинг янги соҳиби! 0 12:57"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди 0 12:36Сайдатхон Нуриддинов ҳам Octagon 75 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 12:15Хабибнинг яна бир жамодоши UFC'га ўтди 0 11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0 11:33Лионель Месси келажаги борасида бир қарорга келди 0 11:12UFC рейтинги янгиланди: Топурия P4P рейтингининг янги қироли! 0 10:51Навоий “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси кучлиларни аниқлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Фьюри, Жошуа, Кроуфорд каби машҳурлар Мадияр Саидраҳимов иштирокидаги IBA турнирига ташриф буюришади 0 10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0 09:27Сув спорт турлари бўйича Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ бўлди 0 09:06Авлиёхон Ҳамидов Тошкентда жанг қилади, рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 08:45Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди 0

21 apr 09:02
Yangiliklar

Gimnastika

Badiiy gimnastikachilarimizning g'alabasi sharafiga matbuot anjumani tashkil etildi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Xabaringiz bor, 16-18 aprel kunlari poytaxtimiz badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qildi.

Musobaqaning guruh bahslarida ishtirok etgan qizlarimiz ilk bor 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritishdi.Kecha Milliy Olimpiya qo'mitasining anjumanlar zalida sportchilarimizning ushbu muvaffaqiyatiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Tashkilot Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi rahbariyati, Jahon kubogida guruh mashqlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan qizlarimiz va ularning murabbiyi, OAV xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbirni Ravshan Irmatov ochib berdi va gimnastikachilarimiz qo'lga kiritgan ushbu muvaffaqiyatning ahamiyati haqida gapirdi.

“Qizlarimizning qo'lga kiritgan muvaffaqiyati xalqimizning kayfiyatini yanayam ko'tardi. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimizning sportga qaratayotgan ulkan etiborlari bilan har bir sport turida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz. Bu o'zbek gimnastikasi uchun tarixiy oltin medallar sanaladi. Umid qilamizki, ularning bunday zafarlari bardavom bo'ladi”, – dedi MOQ raisining birinchi o'rinbosari.

Anjumanda poytaxtimiz 6-11 iyun kunlari badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionatini qabul qilishi elon qilindi. Ahamiyatlisi, unda yakkalik va jamoaviy yo'nalishda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar Tokio-2020 yo'llanmasiga ega bo'lishadi.

Tadbir davomida jamoamizning rossiyalik murabbiyi Ekaterina Pirojkova ham musobaqa taassurotlari va kelgusidagi rejalar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Karantin davrida biz to'xtab qolmadik. O'zbekiston hukumati jamoa bilan ishlashim uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Qiyin elementlar ustida ishladik. Elementlar qanchalik murakkab bo'lsa, shuncha yuqori ball olamiz. Musobaqada 40 dan yuqori ball jamg'ardik. Bunday natijaga joriy mavsum Rossiya va Bolgariya terma jamoalari erisha olgan xolos. Mashg'ulotimiz davomiyligi kuniga 8 soatdan oshadi va unda xatolarimiz, elementlarni yanada murakkablashtirish va “toza” ijro ustida ishlayapmiz. Osiyo chempionatidagi asosiy raqibimiz Qozog'iston jamoasi. Lekin biz faqat ulardan o'tib ketish uchun shug'ullanmayapmiz. Maqsadimiz Tokio-2020 yo'llanmalarini qo'lga kiritish va Olimpiadada medallar yo'lida etakchilarga jiddiy raqobat tug'dirishdir”, – dedi Ekaterina Pirojkova.

Anjuman mobaynida jurnalistlarning Jahon kubogining keyingi bosqichlari va Osiyo chempionatiga tayyorgarlik, dasturlarni ijro etishda qaysi elementda ishlash murakkablik tug'dirayotgani, kelgusidagi rejalar haqidagi savollariga atroflicha javob berib o'tildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli musobaqaning yakkalik yo'nalishida hamyurtlarimiz Sabina Tashkenbaeva hamda Ekaterina Fetisovalar Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini jamg'arishdi. Oldinda sportchilarimizni 7-9 may kunlari Jahon kubogining Boku (Ozarbayjon) hamda 28-30 may kunlari Pesaro (Italiya) shaharlarida o'tadigan uchinchi va to'rtinchi bosqich bellashuvlari kutib turibdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing