06 may 19:25
Yangiliklar
Gimnastika

15 yashar badiiy gimnastikachimiz Evropa kubogida Parij Olimpiadasi sovrindoridan keyin ikkinchi bo'ldi
Ozarbayjonning Baku shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Evropa kubogi bo'lib o'tdi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik gimnastika ustalari — Lola Jo'raeva hamda Mishel Nesterova ham ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, turnirda 15 yashar Lola Jo'raeva to'p bilan mashq va kross battl dasturlarida kumush medallarni qo'lga kiritdi. Har ikki dasturda oltin medallarni Parij Olimpiadasining italiyalik bronza medali sovrindori Sofiya Raffaeli qo'lga kiritdi. Mos ravishda ikki dasturda ukrainalik Taisiya Onofriychuk uchinchi natijani qayd etdi. Malumot uchun, Onofriychuk Parij Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi.
SHu tariqa, Lola Jo'raeva Bakudagi musobaqani ikkita kumush medal bilan yakunladi.
Havola :
Manba : t.me/Uzb_Gymnastics
Fikrlar