So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

22 noy 19:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov: Qilayotgan mehnatimizni o'zimiz bilamiz, uni doim ham ko'z-ko'z qilishimiz shart emas

Teglar :  Bahodir Jalolov
Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov mashg'ulotlar va kelasi jangi haqida gapirdi.

Bahodir Jalolov Olimpiadadan so'ng mashg'ulotlarni kamaytirdimi? Keyingi jang qachon va kim bilan? SHu kabi savollarga bokschimizning o'zi javob berdi.

“Ha, tadbirlarga ko'p chaqirishadi, lekin biz mashg'ulotlarni ham o'z vaqtida qilyapmiz. Mashg'ulotlar videosini har kuni tarmoqlarga joylay olmaymiz. Baribir raqiblarimiz bor, bizni kuzatib borishadi, kerakli joylarini qo'yamiz. Qilayotgan mehnatimizni faqat o'zimiz bilamiz, uni boshqalarga doim ham ko'rsatib, ko'z-ko'z qilishimiz shart emas. CHunki ringda jang qiladigan ham, qiynaladigan ham o'zimiz hisoblanamiz. Engilsak, jabr ko'radigan ham o'zimiz, g'olib bo'lganda huzur qiladigan ham o'zimiz. 

Yil yakunigacha prof boksda bitta jang o'tkazish niyatim bor. Hozirda shuning harakatidamiz. Mashg'ulotlarni to'xtatganim yo'q. Bugundan O'zbekiston boks federaciyasida jiddiy tayyorgarliklarni boshlaymiz. Raqib hali aniq bo'lmadi. Mag'lubiyatga uchramagan bokschini raqib sifatida berishlarini so'rayapman. Jang Toshkent yoki Dubayda bo'ladi. Raqib aniq bo'lsa, o'zim Instagram orqali xabar beraman. Yanvar oyida AQSHga yo'l olamiz", - dedi Bahodir Jalolov Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing