So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

22 iyu 07:22
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Qo'rg'ontepada O'zbekiston chempionati o'tkazildi

19-20 iyun kunlari Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa tumanida belbog'li kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu mamlakat chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 10 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

SHuningdek, musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Ochilish marosimida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.

Murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, quydagi polvonlar o'z vazn toifalarida raqiblaridan ustun kelib,  g'oliblikni tantana qilishdi.

O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

45 kg. – Habibjon Abdurashidov (Toshkent sh.)

50 kg. – Abdumalik Dilshodbekov (Andijon)

55 kg. – Akbar Ubaydullaev (Farg'ona)

60 kg. – Odilxon Pazliddinov (Namangan)

65 kg. – Ilyosbek Sotvoldiev (Farg'ona)

71 kg. – Samandar Anvarov (Farg'ona)

77 kg. – Faryozbek Qosimov (Farg'ona)

85 kg. – Imomali Tolipov (Farg'ona)

95 kg. – Ilyosbek Mirzaxmatov (Namangan)

-95 kg. – Muxriddin Mahmudjonov (Namangan)

Qizlar (erkin yo'nalish)

44 kg. – Feruza Sobirova (Namangan)

48 kg. – Albena Allambergenova (Qoraqalpog'iston)

52 kg. – Dildora Isroilova (Namangan)

57 kg. – Zaxroxon Mahmudova (Farg'ona)

63 kg. – Sevara SHajenova (Qoraqalpog'iston)

70 kg. – Madina Qaxramonova (Andijon)

+70 kg. – SHirinoy Yuldosheva (Namangan)

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

45 kg. – Jasur Nishonov (Andijon)

50 kg. – Jumaboy Amirov (Navoiy)

55 kg. – Asadbek Jalilov (Farg'ona)

60 kg. – Diyor Polvonboev (Farg'ona)

65 kg. – Bek Komilov (Andijon)

71 kg. – Mirzajon Mirzajonov (Namangan)

77 kg. – Samandar Abdusalomov (Namangan)

85 kg. – Diyorbek Axmadaliev (Andijon)

95 kg. – Anvar Xo'jamurodov (Namangan)

+95 kg. – SHoxruh SHorustamov (Toshkent v.)

G'olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing