So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

06 sen 09:16
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz MDH o'yinlarida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan birinchi bo'lishdi + FOTO

Xabaringiz bor, 4 sentyabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida ilk bor MDH davlatlari o'yinlariga start berilgandi.

Mazkur MDH davlatlari o'yinlari dasturidan belbog'li kurash sport turi ham o'rin olgan. Ushbu nufuzli musobaqada belbog'li kurash bo'yicha 14 nafar kurashchilarimiz federaciya raisi Ravshan Dastirov hamda bosh murabbiy Usmon Mahamatov boshchiligida ishtirok etishmoqda.

Quvonarlisi, belbog'li kurash bo'yicha 5 sentyabr kungi bellashuvlarda terma jamoamiz azolari 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egallashdi.

Demak, MDH o'yinlarining belbog'li kurash bo'yicha o'z vazn toifalarida chempion va sovrindorlari bilan tanishamiz.

52 kg. Farangiz Abdunabieva ( oltin medal)

66 kg. Maftunabonu Mahmudova ( oltin medal)

75 kg. Nusratbek Sultonboev (oltin medal)

90 kg. Oybekjon Muhammadov (oltin medal)

57 kg. Kamronbek Ortiqov (oltin medal)

68 kg. Oybek Sultonov (oltin medal)

82 kg. Muhammadjon Rasulov (oltin medal)

48 kg. Mohigul Ibragimova ( kumush medal)

58 kg. Biybigauxar Polatbaeva (kumush medal)

76 kg. Zemfira Azatova (kumush medal)

76 kg. Munisaxon Nosirova (bronza medal)

SHu tariqa belbog'li kurashchilarimiz mamlakatimiz bayrog'ini eng baland ko'tarilishiga erishishdi.  

Belbog'li kurash bo'yicha sportchilarimiz umumjamoa hisobida 7 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medallariga ega chiqqan holda birinchi bo'lishdi.

Rossiya terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza bilan ikkinchi, 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan Qozog'iston jamoasi uchinchi o'rinni band etishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
06 sen 12:32:01
Javohirjon
Mana bu boshqa gap!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing