09 iyu 15:26
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Arina Sobolenko 1/2 finalda o'ynaydi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Belaruslik tennischi chorak finalda WTA reytingida 104-pog'onadan joy olgan germaniyalik Laura Zigemundni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/2, 6/4. Arina uchinchi setda hal qiluvchi geymida breykdan foydalanib qoldi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Ikki soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 2 ta eys, 8 ta breykni amalga oshirib, 4 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar