09 iyu 18:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Virjil Ortis: "Men u bilan jang qilmoqchiman - tez orada bu to'qnashuv amalga oshadi"
Prof boksning super yarimo'rta vazn toifasida WBC Interim chempioni Virjil Ortis (23-0, 21 KO) oldinda turgan rejalari bila o'rtoqlashdi.
Amerikalik bokschi rossiyalik IBF chempioni Baxram Murtazaliev (23-0, 17 KO)ga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Baxram, bu erda sendan hech kim qochmayapti. Men Turki Ash SHayxga to'g'ridan-to'g'ri sen bilan jang qilmoqchi ekanligimni aytdim, hatto bir necha marta. Bu tez orada sodir bo'ladi, havotir olma", deb yozgan Ortis o'zining X (sobiq Twitter) sahifasida.
Malumot uchun, Virjil Ortis 2025 yil fevralida o'tkazilgan so'nggi jangida hamyurtimiz Isroil Madrimovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : x.com/VergilOrtiz
Fikrlar