09 iyu 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

AQSHda jangida mag'lub bo'lganidan bir necha soat o'tib, 37 yoshli bokschi vafot etdi
Meksikalik bokschi Pedro Antonio Rodriges (15-26-3, 7 KO) AQSHning Feniks shahrida o'tkazilgan jangda mag'lub bo'lganidan keyin olamdan ko'z yumdi.
Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
37 yoshli bokschi 21 yashar amerikalik Filipp Vell bilan jangdan so'ng ertalab mehmonxona xonasida o'lik holda topildi. Pedro jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Bellashuvdan keyin Rodriges mehmonxonaga qaytib, boshqa bokschilar bilan kechki ovqatga borishga rozi bo'lgan. Biroq, qabulxonada ko'rinmagan. Ertasi kuni ertalab bokschining jasadi o'z xonasidan topilgan. Hozirda policiya uning o'limi sabablarini o'rganmoqda.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar