09 iyu 16:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Ennis IBF chempionlik kamaridan voz kechdi
Prof boksning yarimo'rta vazn toifasida sobiq chempion Jeyron Ennis (34-0, 30 KO) IBF chempionligini rasman bo'shatdi.
Yangilangan reytingda kamarning holati vakant sifatida ko'rsatilgan.
Jeyron 2023 yilning noyabridan beri to'liq chempionlik unvonini egallab kelayotgandi. U kamarni uch marta - David Avanesyan, Karen CHuxajyan va Eymantas Stanionisga qarshi birlashtiruvchi kurashda himoya qilgandi.
Malumot uchun, Jeyron endi super yarimo'rta vaznda faoliyat olib boradi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar