So’nggi yangiliklar

09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0

09 iyu 15:05
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Prezident qarori qabul qilindi: O'zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga kompleks tayyorlanadi

Teglar :  Prezident qarori
“2028 yil Los-Anjeles (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar O'zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

— sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og'ir atletika turlari bo'yicha medallar sonini oshirish;

— sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo'yicha licenziyalarni qo'lga kiritish;

— xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

SHuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.

Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari ro'yxati har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari o'tkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Qarorga ko'ra, 2025 yildan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari shaklida o'tkazib borish tizimi yo'lga qo'yiladi. Ushbu sport musobaqalarida yoshlarni sport bilan doimiy shug'ullantirish xizmatini ko'rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega bo'lgan sportchilari ishtirok etishadi. Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o'tkaziladi. Musobaqalarning respublika bosqichida saralangan sportchilar quyidagi sport-talim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yo'naltirib boriladi:

1- va 2-o'rinlarni qo'lga kiritgan sportchilar – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;

3-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar – hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.

2025/2026 o'quv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o'qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, 2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat ko'rsatadi. 2026 yildan: Markaz o'quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga etkaziladi; Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji o'quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag'lar doirasida oylik stipendiya tasis etiladi.

Olimpiya o'yinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha jahon chempionatlari g'olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) talim muassasalariga to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing