So’nggi yangiliklar

09:56Қозоғистонлик аралаш яккакураш устаси рақамланган UFC турнирида жанг қилади 0 09:35Яна бир терма жамоа ЖЧ-2026 йўлланмасини қўлга киритди 0 09:14Бугун Жаҳон чемпионатида 5 нафар боксчимизга мухлислик қиламиз. Олимпиада чемпионимиз ҳам бугун бошлайди 0 08:53US Open. Карлос Алькарас - Новак Жокович баҳсида илк финалчи аниқланди 0 08:32Ўзбекистон хоккей терма жамоаси NHL 09 компютер ўйини дастурига киритилади 0 08:11Тимур Кападзе: "Менинг термадаги тақдирим бўйича жавобим йўқ" 0 01:48Жаҳонгир Зокиров ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0

07 dek 11:56
Yangiliklar

Voleybol

“Besh tashabbus olimpiadasi”: CHirchiq voleybol bo'yicha Respublika final bosqichiga mezbonlik qilyapti

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining manejida voleybol bo'yicha "S" ligasining respublika final bosqichi bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-92-sonli hamda 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-201-sonli qarori ijrosini taminlash va aholi orasida, ayniqsa, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi voleybol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasidagi mazkur respublika finalida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 280 nafar sportchilar jam bo'lishdi.

O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamkorligidagi ushbu musobaqaning dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Marosimda ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avaz Karimov hamda O'zDJTSU rektori Mahmudjon Boltaboevlar jamoalarni final bosqichiga etib kelgani bilan qutlab, ularga bellashuvlarda yuqori o'rinlarni egallashida omad tiladi.

Ayni paytda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi "S" ligasi bellashuvlar ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Musobaqa 8 dekabrga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing