06 sen 09:14
Yangiliklar

Bugun Jahon chempionatida 5 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz. Olimpiada chempionimiz ham bugun boshlaydi
Bugun jahon chempionatining uchinchi kuni 5 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tariladi. Ular orasida Olimpiada va jahon chempioni Abdumalik Xalokov ham bor. -60 kg vazn toifasidagi bokschimiz ilk jangida turkiyalik Mexmetxan CHinarga qarshi ringga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 00:30da boshlanadi.
Kun davomida Feruza Kazakova (-51 kg), SHavkatjon Boltaev (-71 kg), Sitora Turdibekova (-60 kg) va Oltinoy Sotibomboevaga muxlislik qilamiz. Bokschilarimizning bugungi ishtirokini soat 15:45da Feruza Kazakova panamalik Yuliett Xinestrozaga qarshi jang bilan boshlab beradi.
Eslatib o'tamiz, bugungacha 4 nafar bokschimiz jahon chempionatidagi ilk janglarini o'tkazishdi va ularning bari ishonchli g'alabaga erishishdi.
Juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Feruza Kazakova - Yuliett Xinestroza (Panama) A ring. 15:45
-70 kg: SHavkatjon Boltaev - Kevin Skott (SHveciya) A ring. 17:45
-60 kg: Sitora Turdibekova - Tetiana Dovxal (Ukraina) A ring. 23:00
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Maria Lovchinska (Ukraina) A ring. 00:15
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Mehmetxan CHinar (Turkiya) A ring. 00:30.
Birinchi dastur bizning vaqt bilan soat 15:00, kechki dastur esa 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar