So’nggi yangiliklar

09:36Икки нафар ўзбек теннисчиси Япония мезбонлик қиладиган Roland Garros Junior Series финал босқичида иштирок этади 0 09:15Бивол: "Кроуфорд ҳозир дунёнинг энг яхши боксчиси" 0 08:54Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади 0 08:33Хавьер Мендес: "ММА Доғистонда биринчи рақамли спорт тури, бунга Хабиб ва унинг отаси сабабчи" 0 08:12Мамлакат рекордчиси Элдорбек Усмонов пул мукофоти билан тақдирланди 0 07:51Бугун Зарруҳ Адашев уч йиллик танаффусдан кейинги илк жангини ўтказади 0 07:30U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум 0 02:05Акмалжон Исроилов ЖЧдаги илк жангини ўтказди 0 01:49Асадхўжа Мўйдинхўжаев ЖЧнинг чорак финал йўлланмасига эга чиқди 0 00:13Шодиёржон Мелиқўзиев ҳам ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 23:37Бокс. Ўзбекистон ЖЧдаги илк медални нақд қилди! 0 22:48Ғалабали серия давом этади: Сабина Бобоқулова ҳам ЖЧ кейинги босқичида 0 19:20Жавоҳир Умматалиев чорак финалга йўл олди, навбатдаги рақиб жиддий! 0 18:29ЖЧ-2025. Миразизбек Мирзахалилов эронлик рақибига дарс бериб қўйди - боксчимиз чорак финалда! 0 18:21Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум 0

15 jan 19:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Bobur Qurbonov Nursulton Ro'ziboevni mag'lub etgani haqida gapirdi

Bobur Qurbonov yana bir aralash yakkakurash ustamiz Nursulton Ro'ziboev haqida fikr bildirdi.

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bobur Qurbonov Olamsport.com saytiga bergan intervyusida UFC'ga o'tishi kutilayotgan Nursulton Ro'ziboev haqida fikr bildirdi.

— Universal jangda Nursulton Ro'ziboev bilan jang qilgan ekansiz?

— O'sha paytda harbiy xizmatda, paxta terimida edim. Deyarli ikki oy paxta yig'im-terimida bo'ldik. Keldim, bir hafta harbiy qismda bo'ldik. Keyin CHirchiqqa musobaqaga olib ketishdi. Birinchi jangda Nursulton bilan to'g'ri kelib qoldim, lekin o'sha paytda Nursultonni tanimas edim. Bilsam, oddiy fuqarolikdagi bola ekan, shu holida harbiylar o'rtasidagi musobaqaga qo'yilgan, mashg'ulot qilib yurgan bola ekan. Nursultonni yutdim, lekin qo'limni jarohatlashdi. Afsuski, o'sha jangdan keyin yarim finalga chiqishim kerak edi, ammo... Nursulton kelib: Aka, sizni hurmat qilaman, sizni taniyman degandi. Hurmati yaxshi ekan. Alloh taqdir qilgan ekan, o'shanda ochkolar hisobiga g'alaba qozonganman.

— Hozir Nursulton Ro'ziboev bilan munosabatingiz qanday?

Munosabatimiz yaxshi, salom-aligimiz bor. Aytganimdek, kibrga berilmagan, hurmatni joyiga qo'yadigan yigit. Ko'p MMA janglarida birga bo'lganmiz. Irodali bola, bir marta ko'zimni yonida mag'lub bo'lgan edi. O'shanda juda tushkunlikka tushib qolgandi. Men o'sha paytda sportni tashlab ketsa kerak deb o'ylagan edim. Yo'q, mana yana o'zini tiklab oldi. Hozir O'zbekistonda uni kimsan Nursulton Ro'ziboev deb bilishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing