So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

19 noy 07:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks hakami bo'lishni istaysizmi? O'zbekiston boks federaciyasi katta masshtabdagi tanlovni elon qiladi!

Teglar :  BoksHakamReferi
O'zingizni boks hakami sifatida tasavvur qila olasizmi?

Qachonlardir ringlarda referi sifatida ishlab ko'rishingiz mumkinligiga ishonasizmi? Unday bo'lsa, ushbu tanlovimiz sizlar uchun!

O'zbekiston boks federaciyasi mamlakatimizda hakamlik yo'nalishini rivojlantirish, xalqaro miqyosida o'zbek boksi hakamlarining imidjini oshirish maqsadida yangi tanlovni elon qiladi. 

Nomzodlardan talab qilinadigani - ingliz tilini mukammal bilishi, sport haqida tushunchaga ega bo'lishi, atletik tashqi ko'rinishga ega bo'lishi va eng asosiysi ushbu yo'nalishga qiziqishidir. Mazkur talablarga to'g'ri keladigan yigit-qizlarni hakamlik faoliyatini boshlashga chorlaymiz. Bo'lajak hakamlar O'zbekiston boks federaciyasining maxsus komissiyasi bilan suhbatdan so'ng tanlab olinadi. Ular uchun maxsus seminar tashkil etiladi. Seminarni xorijiy tajribali mutaxassislar olib borishadi. Malum darajaga etgandan so'ng, Sizda xalqaro musobaqalarda ishlash imkoniyati ham paydo bo'ladi. 

Yana bir qo'shimcha malumot - hakamlik faoliyatini qo'shimcha ish sifatida olib borish mumkin. Bu esa asosiy ish joyingizga katta tasir ko'rsatmaydi. Xabaringiz bo'lsa, Olimpiya o'yinlarida ham policiyachi, o'qituvchi, shifokor va boshqa kasb egalari referi sifatida ishlashgan. 

Hakam bo'lish istagida bo'lgan yurtdoshlarimizdan o'z rezyumelarini +998901176076 telegram raqamiga jo'natishlarini so'raymiz.  Qo'shimcha malumotlar uchun esa +998970009684 (o'zbek tili), +998901176076 (rus tili) raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. So'ngra nomzodlardan reja asosida suhbat uchun O'zbekiston boks federaciyasi binosiga kelishlari so'raladi. O'zingiz bilan pasport nusxasi va tarjimai holni olishni unutmang.

Bu yoshlar uchun ajoyib imkoniyat. Fursatni qo'ldan boy bermang

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing