07 iyu 13:59
Yangiliklar

Qozog'iston o'z mezbonligidagi Jahon kubogidan keyin medallar jamg'arish reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarildi, biz hamon peshqadammiz!
Musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etib, yakunda vakilimiz Navbahor Hamidova oltin medalga ega chiqdi. Bundan tashqari, yana 4 ta bronza medaliga ega chiqdik.
Mezbon Qozog'iston terma jamoasi esa umumiy hisobida 16 ta medal (8 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza) qo'lga kiritishning uddasidan chiqdi.
Astanadagi musobaqa yakuniga ko'ra medallar jamg'arish reytingida peshqadamlikni saqlab qoldik. Hozircha hisobimizda 12 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza, jami 27 ta medal mavjud.
Qozog'iston esa o'z mezbonligidagi bosqichdan keyin ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Qo'shnilarimizda 11 ta oltin, 7 tadan kumush va bronza medallari bor.
Jahon kubogining yakunlangan uchta bosqichiga ko'ra medallar jamg'arish reytingi:
Fikrlar