So’nggi yangiliklar

09:58Қозоғистонлик теннисчи кетма-кет иккинчи ҳафта ҳам ATP турнири чемпиони бўлди 0 09:37ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди 0 09:16Ёш таэквондочимиз Осиё чемпионатининг энг яхши спортчиси деб топилди 0 08:55UFC on ABC 9 гонорарлари маълум. Гусков ўзи нокаут қилган Криловдан 6 баробар кам гонорар олди 0 08:34Бир ҳафтадан кейин ўтказиладиган UFC турнири асосий жангини йўқотди 0 08:13Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, Евро-2025 ғолибига айланди 0 07:52Ёзги Универсиада якунланди. Тарихни янгилаган ўзбек спортчилари медаллар жамғариш бўйича нечанчи ўринни эгаллашди? (Барча маълумотлар) 0 07:31Mubadala Citi DC Open. Лейла Фернандес финалда Калинскаяни сочиб ташлади 0 19:01Махачев кейинги жанги санаси ҳақида: "90 фоизга аниқ" 0 18:39"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр 0 18:17"Бу — маркетинг". Ислам Махачев нега P4P рейтингда пасайганига жавоб берди 0 17:53Пётр Ян — Мераб Двалишвилига: "Умид қиламан, чемпионлик учун жанг қиламиз" 0 17:25Богдан Гусковнинг 4 дақиқадан кўпроқ давом этган жанги статистикаси қандай бўлди? 0 17:02Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди 0 16:40Пётр Ян Умар Нурмагомедов билан Қатарда жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0

18 fev 16:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Boksda "kichik jahon chempionati" boshlanmoqda. O'zbekiston nega to'liq tarkibda ishtirok etmayapti?

Teglar :  Stranja
Bugun boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azoari ananaviy "Stranja" xalqaro turnirida ishtirok etish uchun Bolgariyaga yo'l olishdi.

Boks olamida "kichik jahon chempionati" sifatida etirof etiladigan "A" klassdagi mazkur turnir har yili ananaviy tarzda tashkil etiladi. Jahon boksining etakchi terma jamoalari mazkur musobaqaga o'zlarining asosiy tarkiblari bilan tashrif buyurishadi. 

Bu yilgi turnir IBA vaznlarida - erkaklar o'rtasida 13 ta, ayollar o'rtasida 12 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Bungacha ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda musobaqada qatnashishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo, bugun O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati taqdim etgan xabarga ko'ra tarkib qisqarib ketgan. Yani, terma jamoamiz 8 nafar erkak, 5 nafar ayol sportchi bilan Sofiyaga yo'l olgan.

 

Bunday darajadagi turnirda O'zbekistonning qisqartirilgan tarkibda ishtirok etishi boks muxlislari orasida bir qator savollarni tug'dirdi. 

Olamsport.com sayti manbasining xabar berishicha, terma jamoamiz to'liq tarkibda ushbu musobaqada ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Biroq, bir necha kun qolganida tarkib qisqargani malum bo'ldi. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, formaga kirayotgan bokschilar esa afsuski so'nggi pallada musobaqasiz qolishdi. Bu sportchining organizmi uchun yaxshi holat emas nazarimizda. 

Malum bo'lishicha, "Stranja"da ishtirok etadigan tarkibimiz so'nggi pallada moliyalashtiruvchi tashkilot - Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan qisqartirilgan. Buni saytimizning MOQdagi va O'zbekiston boks federaciyasidagi manbasi ham tasdiqladi. Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, u erda faqat Olimpiya vaznida jang o'tkazadigan bokschilar qolganini ko'rishimiz mumkin. 

Yana shuni qo'shimcha sifatida aytishimiz mumkinki, mazkur turnirda qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi har bir vaznda ikki nafardan bokschi olib borilishi malum qilingan. Yosh bokschilar mahorati aynan mana shunday musobaqalarda toblanishini qo'shnilarimiz yaxshiroq tushunishsa kerak.

SHunchaki malumot uchun, o'tgan yilgi musobaqada Bobousmon Baturov, Dilshodbek Ro'zmetov va Bahodir Jalolov oltin, SHahobiddin Zoirov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va Navbahor Hamidova bronza medaliga sazovor bo'lgandi. 


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi: 

Ayollar: 

-51 kg: Tursunoy Rahimova 

-57 kg: Sitora Turdibekova

-60 kg: Rayhona Qodirova 

-69 kg: Sohiba Ruzmetova 

-75 kg: Mavluda Mavlonova 


Erkaklar: 

-52 kg: Hasanboy Do'smatov 

-57 kg: Abdumalik Xalakov 

-63 kg: Mujibillo Tursunov 

-69 kg: Jahongir Rahmonov 

-75 kg: Saidjamshid Jaffarov 

-81 kg: Odiljon Aslonov 

-92 kg: Madiyar Saidraximov 

+92 kg: Lazizbek Mullajonov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing