28 iyu 08:34
Yangiliklar

Bir haftadan keyin o'tkaziladigan UFC turniri asosiy jangini yo'qotdi
Turnirga bir hafta qolgan bir paytda oqshomning asosiy jangi bekor qilindi. O'ta engil vazn toifasi vakillari Amir Albazi va Tacuro Tayra UFC on ESPN 71 turnirining markaziy jangida o'zaro to'qnash kelishlari kerak edi. Jangning bekor bo'lgani haqida vaziyatga yaqin manbalar xabar bergan.
Tez orada tashkilotchilar musobaqaning yangi asosiy jangini elon qilishadi. Og'ir vazn toifasi vakili Valdo Kortes-Akosta ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aynan u turnirning asosiy jangida oktagonga chiqishiga shama qilgan.
"Har doim tayyorman. Xohlagan joyda, istalgan vaqt, kimga qarshi jang qilishning ahamiyati yo'q! Kelasi hafta UFC turnirida ko'rishamiz!", – deb yozgan Kortes-Akosta.
Ayni paytda amerikalik Valdoning 23 avgust kuni Xitoyning SHanxay shahrida o'tkaziladigan UFC turnirida rossiyalik Sergey Pavlovichga qarshi jangi belgilangan.
Fikrlar